Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriya prezidenti qiyofadoshi haqidagi gaplarni uydirma deb atadi
Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy Polshada nigeriyaliklar bilan uchrashuv vaqtida uning o‘rniga qiyofadoshi ishtirok etgani haqidagi gaplarni uydirma deb atadi.
“Bugun (2 dekabr) Polshada nigeriyaliklar bilan uchrashuvimda ko‘tarilgan masalalardan biri mening klonlashtirilganim yoki yo‘qligi haqidagi savol bo‘ldi. Nodonlarcha gaplar ajablantirmaydi: men o‘tgan yil sog‘lig‘im munosabati bilan ta'tilda bo‘lganimda, ko‘pchilik meni o‘ldi, deb umid qilgandi”, deb yozgan prezident tvitterda. “Men barchangizni ishontirib aytishim mumkin, men haqiqiyman. Shu oyda 76 yoshimni nishonlayman”, deb izoh bergan prezident Polshadagi uchrashuvdagi nutqi videosiga.
Buxoriyning aytishicha, Nigeriya vitse-prezidenti Yyemi Osinbajo ham u yo‘qligida turli mish-mishlarga duch kelgan. Ba'zi odamlar Buxoriyni o‘lgan va uning o‘rnini Osinbajo egallagan deb o‘ylab, u bilan bog‘lanib vitse-prezidentlikka o‘z nomzodlarini taklif qilishgan.
2017 yil may oyida Buxoriy Buyuk Britaniyaga davolanishga yo‘l olgani va o‘z vakolatlarini vitse-prezident Yyemi Osinbajoga topshirgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
20:33 / 16.05.2026
Tramp IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilinganini aytdi
08:44 / 03.01.2026
Nigeriyada YTH: Entoni Joshuaning haydovchisiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
12:30 / 26.12.2025
AQSh Nigeriyada IShID obektlariga zarba berdi
09:54 / 22.12.2025