Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya qo‘lga olingan ukrainalik harbiylarga ayblov qo‘ydi
Foto: RIA Novosti / Aleksey Malgavko
Rossiya Kerch bo‘g‘ozidagi hodisadan so‘ng qo‘lga olingan ukrainalik harbiylar va mamlakat Xavfsizlik xizmati xodimlariga ayblov qo‘ydi. Bu haqda TASS hibsga olingan harbiy xizmatchilardan birining advokati Nikolay Polozovga asosan xabar bermoqda.
Uning ta'kidlashicha, bu harbiylar hibsga olinganidan keyin darhol sodir bo‘lgan.
«Ularning barchasi Rossiya Jinoyat kodeksining 322-moddasi 2-qismi bo‘yicha ayblanmoqda («Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tish»)», - deydi Polozov.
Advokatning qo‘shimcha qilishicha, qo‘lga olingan o‘z mijozi bilan hali uchrashmadi. Uning qayd etishicha, hujjatlar Moskvaga yuborilgani va surishtiruv bilan kim shug‘ullanayotganini aniq bilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Qora dengizdagi hodisada harbiylari ishtirok etganini tan olgandi.
Mavzuga oid
23:08 / 05.02.2026
Sankt-Peterburgda noqonuniy migrantlarni qidirish uchun itlar va dronlar ishga solindi
22:35 / 05.02.2026
Rossiya elchixonasi O‘zbekistonni yangi migratsiya siyosati haqida xabardor qildi
21:03 / 05.02.2026
2025 yilda 200 ga yaqin o‘zbekistonlik Rossiyadan boshpana so‘radi
18:27 / 05.02.2026