O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili AQSh muvaqqat ishlar vakili bilan uchrashdi
2018 yilning 3 dekabr kuni TIVda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Amerika Qo‘shma Shtatlarining muvaqqat ishlar vakili Alan Meltser bilan uchrashdi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbatda Afg‘oniston yo‘nalishidagi O‘zbekiston – Amerika hamkorligining joriy masalalari, jumladan turli sohalarda qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq qilishning amaliy jihatlari bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuvda AQSh davlat kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzodning O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi muddati va kun tartibi ham muhokama qilindi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh davlat kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili O‘zbekistonga kelishi ma'lum qilingandi.
Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti xabariga ko‘ra, AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Halilzod 2-20 dekabr kunlari qator mamlakatlarga, jumladan, O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Mavzuga oid
12:30
AQSh Rossiya va KXDRning beshta yuridik va jismoniy shaxsiga qarshi sanksiyalar kiritdi
10:28
AQShda sherif sudyani otib o‘ldirdi
22:28 / 19.09.2024
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Xitoy bilan urushga tayyorgarlik rejasini e’lon qildi
21:59 / 19.09.2024