AQŞning Afğoniston böyiça maxsus vakili Zalmay Halilzod 2-20 dekabr kunlari qator mamlakatlarga, jumladan, Özbekistonga taşrif buyuradi. Bu haqda Qöşma Ştatlar Davlat departamenti xabar qilgan.
«Afğon sulhi böyiça maxsus vakil, elçi Zalmay Halilzod 2-20 dekabr kunlari idoralararo delegatsiya bilan Pokiston, Afğoniston, Rossiya, Özbekiston, Turkmaniston, Belgiya, Birlaşgan Arab Amirliklari va Qatarga taşrif buyuradi», - deyiladi Davlat departamentining xabarida. U RIA Novosti tomonidan keltirilgan.
Ta'kidlanişiça, taşrif çoğida Halilzod «afğon hukumati va boşqa manfaatdor tomonlar vakillari bilan Afğonistonda inklyuziv tinçlik jarayonni qöllab-quvvatlaş hamda ilgari suriş uçun uçraşadi». Mamlakat prezidenti bilan muzokaralar ötkaziş rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Afğoniston prezidenti Özbekistonga minnatdorçilik izhor etgandi.













