O‘zbekiston | 10:33 / 03.12.2018
1235
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Kuvayt Tashqi ishlar vazirliklari siyosiy maslahatlashuv o‘tkazadi

2018 yilning 4 dekabr kuni O‘zbekiston – Kuvayt vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, unda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etadi.

Al-Kuvayt shahrida savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarga oid alohida ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazish ko‘zda tutilgan, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid