Kiyev Kerch bo‘g‘ozidagi voqea bo‘yicha sakkiz nafar rossiyalikni qidiruvga berdi
Ukraina janubiy regioni harbiy prokuraturasi Kerch bo‘g‘ozidagi voqea bilan bog‘liq surishtiruv ishi bo‘yicha Rossiyaning sakkiz nafar fuqarosini qidiruvga berdi.
Qrim FXX chegara xizmati boshlig‘i kontr-admiral Sergey Stankevich, FXX chegara xizmati boshlig‘i o‘rinbosari vitse-admiral Gennadiy Medvedev, FXX hududiy boshqarmasi punkti boshlig‘i birinchi rang kapitani Ruslan Romashkin, birinchi rang kapitani Andrey Shein, ikkinchi rang kapitanlari Aleksey Shatoxin va Aleksey Salyayev hamda uchinchi rang kapitanlari Andrey Shipitsin va Sergey Sherbakovlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Avvalroq Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining Kerch bo‘g‘ozida ushlangan 12 nafar harbiy dengizchisiga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida 2019 yil 25 yanvargacha hibsga olish hukmi chiqarilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
14:56 / 12.11.2024
Makron va Starmer Tramp g‘alabasidan keyin ham Ukrainani qo‘llashda «sobit» bo‘lishga va’da berishdi
11:51 / 12.11.2024