O‘zbekiston | 15:31 / 04.12.2018
15317
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Turkmanistonga paxta terish mashinalari yetkazib beradi

2018 yil noyabr-dekabr oylarida Turkmanistonga 12 mln AQSh dollariga teng qishloq xo‘jaligi texnikasi yetkazib beriladi. Kelgusi yil yanvar-fevral oylarida yana 5 mln dollarlik texnika hukumatlararo bitimni ijro etish doirasida qo‘shni mamlakatga yetkaziladi. Umuman, Turkmanistonga jami bo‘lib, umumiy qiymati 17 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 100 dona paxta terish mashinasi, 1502 dona kultivator, 600 dona ventilyatorli purkagich va 200 dona ko‘rak terish mashinasi yetkazib berish bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda. 

Foto: O‘zagrotexsanoatxolding

3 dekabr kuni «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani va media-tur doirasida shu haqda ma'lum qilindi. Unda aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2018 yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi istiqbollari, uning muammolari va yechimlari, shu bilan birga 2019 yilga belgilangan rejalar haqida so‘z bordi. 

Foto: O‘zagrotexsanoatxolding

Joriy yilda «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tizim korxonalari tomonidan jami 9243 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqilgan. Shundan 3123tasi traktor, 379 dona pritsep, 1104ta ishlov berish texnikasi xaridorlar va fermerlarga yetkazib berilgan. Bundan tashqari, 672 dona paxta seyalkasi, 239 dona g‘alla seyalkasi, 556 dona paxta va g‘alla o‘rish kombayni, 1074ta paxta kultivatori va 2086 dona boshqa texnikalar ishlab chiqilgan. 

Foto: O‘zagrotexsanoatxolding

Ma'lum qilinishicha, «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ tomonidan 2018 yil davomida qishloq xo‘jaligi texnikalarining eksport prognozi ijrosini ta'minlash yuzasidan qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2018 yilning setyabr-oktabr oylarida xalq bilan muloqot qilish, fermerlar va tadbirkorlar bilan uchrashib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari tanishtirish maqsadida viloyatlar bo‘ylab sayyor ko‘rgazma-yarmarkalari tashkil etildi.

Foto: O‘zagrotexsanoatxolding

Bugungi kunda «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ ishlab chiqarilayotgan texnikalarni 30-40 foizgacha maxalliylashtirish bo‘yicha 3-4 yil ichida amalga oshirish belgilangan 3 bosqichli dasturni amalga oshirmoqda. Media-tur doirasida xolding kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan texnikalar ham namoyish etildi.  

Foto: O‘zagrotexsanoatxolding
Foto: O‘zagrotexsanoatxolding
Foto: O‘zagrotexsanoatxolding
Foto: O‘zagrotexsanoatxolding
Foto: O‘zagrotexsanoatxolding

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid