Jahon | 20:53 / 04.12.2018
17625
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainaliklar Rossiyaga kiritilmayotgani ma'lum qilindi

Foto: Petr Sivkov / TASS

«Rossiya chegarachilari so‘nggi kunlarda o‘nlab Ukraina fuqarolarini RF hududiga kiritishmadi», – dedi Ukraina davlat chegara xizmati boshlig‘i Petr Tsigikal UA TV telekanali efirida. 

Uning aytishicha, Kiyev cheklov joriy etgach, Rossiya ukrainaliklarni hech qanday tushuntirishlarsiz chegaradan qaytarib yubormoqda.

«Rossiyaga 40-50 kishi o‘tolmagan. Ularga bu borada hech qanday hujjat berilmagan», – dedi u va ukrain chegarachilari rossiyaliklarni mamlakatga qo‘yishmagani uchun bayonnoma tuzishlarini qo‘shib qo‘ydi.  

Tsigikal shuningdek, mamlakatning o‘nta oblastida harbiy holat joriy etilganidan so‘ng Rossiyaning 600 nafar fuqarosi Ukrainaga kiritilmaganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, diplomatik pasporti bo‘lgan, bemor qarindoshini ko‘rish, musobaqa va madaniy tadbirlarda ishtirok etish uchun kelayotgan rossiyaliklar Ukrainaga kiritilmoqda.

30 noyabrda 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan Rossiyaning erkak fuqarolarining Ukraina hududiga kirishi borasida cheklov joriy etilgandi. 

Mavzuga oid