Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dehlida o‘zbek madaniyati festivali bo‘lib o‘tdi
Dehlida International Bazaar-2018 xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar, ijtimoiy, madaniy va ijodiy tashkilotlar, yetakchi turistik kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi.

Hindistondagi O‘zbekiston elchixonasining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Dehli ayollar uyushmasi birlashmasi (DCWA) mazkur festival Hindistondagi diplomatik missiyalar uchun ajoyib platforma sifatida xizmat qilishini e'tirof etgan.
O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilish, shuningdek o‘zbek xalqining boy madaniyatini namoyish qilish maqsadida Dehlidagi O‘zbekiston elchixonasi mazkur tadbir tashkilotchilari qatoriga qo‘shildi.
Festival doirasida O‘zbekiston stendi milliy uslubda an'anaviy va amaliy san'at buyumlaridan foydalangan holda bezatildi. Mehmonlarga mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi haqida so‘zlovchi axborot materiallari taqdim etildi. Festival davomida shuningdek o‘zbek milliy liboslari namoyishi ham bo‘lib o‘tdi va bu tadbirga taklif qilinganlarning katta qiziqish va olqishlariga sabab bo‘ldi.
“Biz poytaxt aholisi uchun an'anaga aylangan ushbu festivalni har yili o‘tkazamiz. Tadbirda ishtirok etish uchun elchixonalar va xalqaro tashkilotlar, sayyohlik kompaniyalari, shuningdek Dehli aholisi va mehmonlarini dunyoning turli mamlakatlari madaniyati, an'analari va taomlari bilan tanishish va zavq olishga taklif qilamiz. Bugungi tadbirda O‘zbekistonning qatnashishi Hindiston aholisiga ajoyib mamlakatingizning turistik va madaniy o‘ziga xosligi bilan yanada ko‘proq tanishish imkonini beradi”, - deydi DCWA prezidenti Luiz Askuit.

DCWA qo‘mita raisi Reva Xanna ushbu festival tashkilotchilaridan biri sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston elchixonasiga mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildirdi. U O‘zbekiston paviloni har doimgidek o‘zining yorqinligi, namoyish etilgan mahsulotlarining jozibasi, o‘zbek matolari va atlasining xilma-xilligi bilan ajralib turishini e'tirof etib, o‘zbek milliy taomlari, jumladan palovning mazasi betakror ekanini ta'kidladi.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026