Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Putin qanday holatda g‘alabaga erishishini aytdi
Foto: REUTERS
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning Bloomberg’ga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, agarda Ukraina hukumati mamlakatdagi prezidentlik saylovlarini kechiktirsa, Rossiya prezidenti Vladimir Putin g‘alaba qozonadi.
«Agar biz prezidentlik saylovlarini boshqa muddatga ko‘chirsak, unda bu holatda faqat bir g‘olib bo‘ladi va ushbu g‘olibning nomi - janob Putin. Biz unga bu imkoniyatni bermaymiz», - dedi Poroshenko.
Davlat rahbarining qayd etishicha, Ukrainada harbiy holatning joriy etilishi ukrainaliklar konstitutsiyaviy huquqlariga hech qanday cheklovlar qo‘ymaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat qurolli kuchlari mudofaa qobiliyatini oshirish maqsadida harbiy holatni e'lon qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Rossiya qanday holatga tushib qolganini aytgandi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ICTV telekanali efirida ma'lum qilishicha, Rossiya «total yakkalatib qo‘yilgan» holatda, Ukraina esa, aksincha, xalqaro arenadagi «faol o‘yinchi» hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
07:50 / 23.01.2026
Putin Kremlda Trampning vakillari bilan uchrashdi
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
13:48 / 20.01.2026