Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko: Ukraina Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa tufayli G‘arbdan aniq harakatlarni kutmoqda
Foto: EPA-EFE/SERGEY DOLZHENKO
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Kerch bo‘g‘ozidagi voqeadan so‘ng, mamlakat G‘arbdan aniq harakatlarni kutmoqda. Bu haqda siyosatchi Bloomberg'ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb mamlakatlari tomonidan ushbu hodisa tufayli qilingan bayonotlar Ukraina tomonining «kuchli qo‘llab-quvvatlanishi»dir.
«Ammo, mening fikrimcha, G‘arbdagi sheriklar qat'iy bayonot bilan chiqishayotgan bir paytda, Rossiya prezidenti Vladimir Putin - harakat qilmoqda», - dedi Poroshenko.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiyaga qarshi yangi «Azov sanksiyalari» joriy etilishi, shuningdek, mintaqada NATOning ishtiroki kengayishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Rossiya qanday holatga tushib qolganini aytgandi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ICTV telekanali efirida ma'lum qilishicha, Rossiya «total yakkalatib qo‘yilgan» holatda, Ukraina esa, aksincha, xalqaro arenadagi «faol o‘yinchi» hisoblanadi.
Mavzuga oid
21:03
2025 yilda 200 ga yaqin o‘zbekistonlik Rossiyadan boshpana so‘radi
18:27
Lavrov Rossiya kompaniyalari Venesueladan siqib chiqarilayotganini aytdi
16:14
Ukraina Rossiyaning «Kapustin Yar» poligoniga zarba yo‘llaganini ma’lum qildi
15:20