Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligi tanlovi g‘olibi Malayziyaga ikki kishilik yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan tanlovda «Jomboy» gazetasi muxbiri Orifjon Odilov mutlaq g‘olib deb topildi va Malayziyaga ikki kishilik yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu haqda Adliya vazirligi ma'lum qildi.
Bundan tashqari, tanlovda faol ishtirok etgan Milliy universitet talabasi hamda O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati kengashi bo‘lim mudiri Abror Otaboyev diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini yetkazish, ularda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish hamda qonunchilikdagi yangiliklar bilan doimiy tanishib boradigan bilimdon fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan va Malayziyaga ikki kishilik yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkonini beruvchi mazkur tanlovda 15 ming 368 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Tanlov uch bosqichda o‘tkazildi. Tanlovning muhim jihatlaridan biri, unda oliy yuridik ma'lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarning qatnashishi taqiqlangani bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026