Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya yaqinida AQShning ikki harbiy samolyoti to‘qnashib ketdi
AQShning F/A-18 qiruvchi va KS-130 yonilg‘i quyuvchi transport samolyotlari 6 dekabrga o‘tar kechasi Yaponiya sohillari yaqinida to‘qnashib ketdi. Bu haqda AQSh dengiz piyoda qo‘shinlari korpusi ma'lum qildi.
Voqea mahalliy vaqt bilan soat 2.00da sodir bo‘lgan. Ikkala samolyot ham Ivakuni bazasidan havoga ko‘tarilib, o‘quv mashg‘uloti o‘tkazayotgan bo‘lgan.
CBS telekanali muxbirining tvitterda ma'lum qilishicha, KC-130 bortida 5 kishi, F/A-18’da 2 uchuvchi bo‘lgan.
Samolyotlarning qulash joyiga Yaponiya dengizdagi xavfsizlik xizmatining 6 ta kemasi va bitta patrul samolyoti yo‘l olgan.
Ta'kidlanishicha, bir harbiy yapon qutqaruvchilari tomonidan qutqarib olingan. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Mavzuga oid
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026