Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy butun dunyoni bepul internet bilan ta'minlamoqchi
Xitoyning LinkSure Network internet-provayderi 2019 yilda LinkSure №1 deb nomlangan sun'iy yo‘ldoshini uchirishni rejalashtirmoqda. Sun'iy yo‘ldoshni uchirishdan maqsad, 2026 yilga kelib bepul global internet xizmatlarini taqdim etishdir.
Kompaniya mazkur loyihani amalga oshirish uchun 272ta sun'iy yo‘ldosh uchiradi va buning uchun 3 mlrd yuan(431,1 mln dollar) mablag‘ sarflash rejalashtirilgan.
«Ushbu rejamizdan maqsad, butun dunyo aholisini, ayniqsa, kam rivojlangan va borish qiyin bo‘lgan joylarni bepul internet bilan ta'minlashdir», dedi LinkeSure kompaniyasi prezidenti.
Yaqinda SpaceX kompaniyasi bepul internet taqdim etish uchun AQSh federal aloqa komissiyasidan 7 518ta sun'iy yo‘ldosh uchirishga ruxsat olgandi.
Mavzuga oid
11:50
Der Spiegel: Xitoy Rossiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni kengaytirgan
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
18:29 / 08.07.2026
Xiaomi yangi Sky Nomad avtomobil brendini yaratdi
11:41 / 07.07.2026