Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning BAAdagi elchisi tayinlanadi
2018 yilning 5 dekabr kuni Abu-Dabi shahrida vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda TIV.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov va Birlashgan Arab Amirliklari tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari Xalifa Shahin al-Marar boshchiligidagi delegatsiyalar uchrashuvida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga tomonlarda qiziqish borligi ta'kidlandi.
Ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati mufassal ko‘rib chiqilishi hamkorlik ko‘lamini oshirish uchun mavjud foydalanilmayotgan sezilarli salohiyatga va yanada istiqbolli sohalarga diqqatni jalb qilish imkonini berdi.
2019 yilda bo‘ladigan turli darajadagi aloqalarning jadvali ko‘rib chiqildi.
Tez orada O‘zbekistonning BAAdagi elchisi tayinlanishi mamlakat delegatsiyasi tomonidan tasdiqlandi. Bu ikki tomonlama aloqalarni, jumladan ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni tizimli asosda jadallashtirish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan tovar va xizmatlarni o‘zaro yetkazib berish nomenklaturasi hamda savdo aylanmasi bo‘yicha o‘zaro savdoni kengaytirish masalalari batafsil muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston va BAA o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov mavjudligi turistlar almashinuvi uchun ham muhim asos hisoblanadi.
Mintaqaviy masalalar muhokamasi chog‘ida 2018 yil 27 martda qabul qilingan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaning Toshkent deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish doirasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olindi. Mazkur konferensiya ishida BAA tashqi ishlar davlat vaziri Anvar Gargash boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgan edi.
Maslahatlashuvlar doirasida umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
14:06 / 25.05.2026
BAA bilan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
17:39 / 22.05.2026