BMT AQShning XAMASni qoralovchi rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi
BMT Bosh assambleyasi AQShning Falastinning XAMAS harakati faoliyatini qoralovchi rezolyutsiya loyihasiga qarshi ovoz berdi.
Hujjat zarur bo‘lgan ovoz to‘play olmagan. Unga qarshi Rossiya, arab va Lotin Amerikasi davlatlari qarshi chiqqan.
Rezolyutsiya loyihasida XAMASni “Isroil hududiga muntazam raketalar otishi, bu esa tinch aholi hayotini xavf ostiga qo‘yayotgani” uchun qoralash taklif qilingan. Shuningdek, unda “barcha ig‘vogar va zo‘ravon harakatlarni bas qilishga” chaqirilgan.
Yevropa davlatlari hujjatni o‘zgartirishlar kiritilgandan keyin qo‘llab-quvvatlashga rozi bo‘lgan. Jumladan, Falastinning turli tomonlari Misr ko‘magida birlashishga chaqirilgan band qo‘shilgan.
G‘azo sektorida AQSh elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishi ortida may oyidan beri Isroilga qarshi namoyishlar davom etmoqda.
Navbatdagi keskinlashuv 12 noyabrda yuz bergan. O‘shanda Falastin tuzilmalari bir necha falastinlikning o‘ldirilishiga javoban G‘azo sektoridan Isroilga kamida 370 ta raketa otgan. Isroil armiyasi esa bunga javoban sektordagi o‘nlab harbiy obektlarga zarbalar bergan.
Mavzuga oid
21:30 / 23.11.2024
COP29: Boy davlatlar iqlimni moliyalashtirishni oshirishga rozi bo‘ldi
17:39 / 23.11.2024
2024 yilda gumanitar yordam xodimlari o‘limi bo‘yicha rekord o‘rnatildi – BMT
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024