Meyvezerning yaponiyalik kikbokschi bilan jangi qoidalari e'lon qilindi
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni amerikalik Floyd Meyvezer va yaponiyalik kikbokschi Tensin Natsukavaning ko‘rgazmali jangi boks qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi.
Jang 31 dekabr kuni, Yaponiya poytaxti Tokio yaqinida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv boks qoidalari bo‘yicha, 66,7 kilogrammgacha vazn toifasida o‘tkaziladi. 20 yoshli yaponiyalik sportchining vazni 55 kilogrammni tashkil qiladi.
Sportchilarning professional ro‘yxatiga kiritilmaydigan jang hakamlarsiz uch daqiqadan uch raund davom etadi. Har ikkala jangchining qo‘lida sakkiz untsiyali qo‘lqop bo‘ladi, bu Meyvezerning Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) jangchisi Konor Makgregor bilan bahsida ham kuzatilgandi.
Floyd Meyvezer 50ta jangning barchasida g‘alabaga erishgan. Natsukava 28ta bahsda zafar quchgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov Meyvezer bilan qayerda jang o‘tkazishi mumkinligi aytilgandi.
Mavzuga oid
11:03 / 16.11.2024
Boks. Afsonaviy Mayk Tayson bloger Jyeyk Polga mag‘lub bo‘ldi
17:23 / 04.11.2024
O‘zbekiston – World Boxing tashkiloti a’zosiga aylandi
09:34 / 03.11.2024
Bektemir Meliqo‘ziyev og‘ir kechgan jangda ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi
10:17 / 09.10.2024