O‘zbekiston | 23:06 / 07.12.2018
3925
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek-Belarus instituti O‘zbekistonda tashkil etiladi

O‘zbekiston va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik natijasida Minsk shahrida Amaliy mutaxassisliklar institutining tashkil etilishi haqida xabar berilgan edi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur institutga o‘zbekistonlik yoshlarni ko‘proq qamrab olish hamda yurtimizda nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida O‘zbek-Belarus instituti O‘zbekistonda tashkil etiladi.

“Vazirlik keng jamoatchilikdan mazkur institut bilan bog‘liq axborotdagi noaniqlik uchun uzr so‘raydi. O‘ylaymizki, mamlakatimizda yana bir nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasasining tashkil etilishi xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni xursand qiladi”, - deyiladi manbada.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid