Jahon | 08:25 / 08.12.2018
11426
1 daqiqa o‘qiladi

Huawei moliyaviy direktori nega hibsga olingani aniqlandi

Foto: AFP/Getty Images

Huawei kompaniyasining moliyaviy direktori Men Vanchjou firibgarlik bo‘yicha ayblovlar tufayli AQSh murojaati bilan Kanadada hibsga olingan. Bu haqda Vancouver Star xabar qilmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Kanada bosh prokurori vakili Vanchjouning hibsga olinish muddatini uzaytirish haqida talab qo‘ygan.

Ta'kidlanishicha, Huawei moliyaviy direktori, xususan, AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tgan holda Eron bilan ishlashda ayblanmoqda.

Bunday holatda Vanchjou AQShda 30 yilgacha bo‘lgan muddatga qamalishi mumkin.

Mavzuga oid