Kanada hukumati AQŞ sörovi bilan Xitoyning Huawei Technologies kompaniyasi moliyaviy direktori Men Vançjouni uşladi. AQŞ uni Eronga qarşi sanksiyalarni buzişda gumon qilib ekstraditsiya qilinişini söramoqda.
“Vançjou Men Vankuverda 1 dekabrda uşlangan. Uning topşirilişini AQŞ söramoqda va garov puli böyiça sud jarayoni 7 dekabrga belgilangan”, deb aytgan Kanada adliya vazirligi vakili Ayan Mak-Leod.
Xitoyning Kanadadagi elçixonasi ayolning uşlanişini inson huquqlarining qöpol buzilişi deb atadi va uning ozod qilinişini talab qildi.
Huawei kompaniyasi Men Vançjouning qonunga zid biror-bir harakatlar sodir etganidan bexabarligini ma'lum qilgan.
“Kompaniya qöyilayotgan ayblovlar böyiça juda çeklangan ma'lumotlarga ega, bizga Men Vançjou qonunga zid biror harakatlar sodir etgani noma'lum”, deb aytilgan bayonotda.
Kompaniya Kanada va AQŞ huquq tizimi adolatli qaror çiqarişiga umid qilişini aytgan.
“Huawei BMT, AQŞ va Yevropa Ittifoqining eksport nazorati va sanksiyalariga taalluqli qonun va me'yorlari, qonun va normativ hujjatlariga töliq amal qiladi”, deb ta'kidlab ötilgan kompaniyada.

















