NASA ilk bor Marsdagi shamol ovozini yozishga muvaffaq bo‘ldi
O‘tgan hafta Marsga qo‘ngan AQShning Mars InSight stansiyasi ilk bor Qizil sayyoradagi shamol ovozini yozib, uni Yerga jo‘natishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda NASA direktori Jim Braydenstayn ma'lum qildi.
“Insonlar avval hech qachon Marsdagi shamol ovozini eshitishmagan! Mars InSight yozib olgan Marsdagi shamol ovozini tinglab ko‘ring”, deb yozgan Braydenstayn tvitterda.
BREAKING: Humans have never before heard the sound of wind on Mars until now! Listen to #SoundsOfMars as recorded by @NASAInSight as Martian winds swept over our lander. Best with headphones or a subwoofer. https://t.co/VreQxcAnAM pic.twitter.com/yd98NgZgR3
— Jim Bridenstine (@JimBridenstine) December 7, 2018
NASA’da ta'kidlanishicha, 1 dekabrda stansiya datchiklari tezligi 5 m/soniyadan 7 m/soniyagachani tashkil qilgan shamolning past chastotali ovozini yoza olgan. “Missiyamizning vazifalaridan biri Marsdagi harakat ko‘rsatkichlarini o‘lchashdan iborat”, deb aytgan Marsni tadqiq qilish dasturi rahbari Bryus Banerdt.
Mars InSight stansiyasi 480 mln km masofani bosib o‘tib o‘tgan hafta Marsga qo‘ngan. U Qizil sayyoraga qo‘nganidan 7 daqiqa o‘tib u yerdan sayyoramizga ilk fotosuratni jo‘natgan.
Yaratilishiga 828 mln dollar sarflangan avtomatik stansiya 5 may kuni Kaliforniyadagi Vandenberg kosmodromidan uchirilgan.
Mavzuga oid
22:47 / 25.09.2024
Tadqiqotchilar Marsdagi vulqonlar qayta uyg‘onishi mumkinligini ma’lum qildi
14:30 / 23.09.2024
SpaceX 2026 yilgacha Marsga beshta kema uchirmoqchi
00:49 / 12.09.2024
Xitoy 2028 yilga borib Marsga tarixiy missiyasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda
18:16 / 08.09.2024