Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahodir Jalolov professional boksdagi g‘alabali seriyasini davom ettirmoqda
Havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan Bahodir Jalolov bugun o‘zining navbatdagi jangida ringga ko‘tarildi.
AQShning Kaliforniya shtati La Puente shahridagi «Industry Hills Expo Center» majmuasida o‘tkazilgan jangda Jalolovga amerikalik Valentin Markes raqiblik qildi.
Bahodir Jalolov jangning birinchi raundidayoq Markesni nokautga uchratdi va faoliyatidagi to‘rtinchi jangni ham muddatidan oldin yakunladi.
Qayd etish keraakki, avvaliga Bahodir Jalolovning to‘rtinchi jangi 6 dekabr kuni o‘tkazilishi kerak edi, ammo uning raqibi tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagach, jang bekor qilingandi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik bu bokschining proffessional ringda o‘tkazgan janglari soni to‘rttaga yetdi. U barcha janglarini nokaut bilan yakunlagan. Valentin esa prof ringda 10ta jang o‘tkazgan. Beshta jangda g‘alaba (2tasi nokaut bilan) qozongan, 5ta jangda mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Bahodir Jalolovga qarshi bahsda u faoliyatidagi ilk nokautini qabul qilib oldi.
Mavzuga oid
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025
Hasanboy Do‘smatov ikki karra jahon chempioniga aylandi
19:34 / 28.11.2025
Boks bo‘yicha 2026 yilgi jahon kubogi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
19:16 / 18.11.2025