Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvardiola «Chelsi» bilan mag‘lubiyatli o‘yin haqida: «Biz fantastik o‘ynadik»
«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning 16-turida «Chelsi»ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan (0:2) keyin jamoasini maqtadi.
– «Man Siti» uchun omadsiz kun.
– Siz yutqazganimizni nazarda tutayotgan bo‘lsangiz kerak. Ammo siz o‘yinni ko‘rmagan ko‘rinasiz. «Chelsi» – yaxshi jamoa, ularda yaxshi futbolchilar jamlanishgan. Ammo birinchi bo‘limda biz aql bovar qilmas darajada o‘yin ko‘rsatdik.
Umuman bu kecha biz fantastik edik. Men hech narsaga afsuslanmayman. Biz ham g‘alaba uchun o‘ynadik.
Vaziyatlar yaratdik. Ularda birinchi bo‘limda faqat bitta vaziyat bo‘ldi, 44-daqiqada ularning hujumini o‘tkazib yubordik.
Biz yaxshiroq o‘ynadik, vaziyatlar yaratdik, «Chelsi» o‘z o‘yinini ko‘rsata olmadi. Ular odatdagi kabi to‘pga egalik qila olishmadi.
Lekin ular katta tajribaga ega, yarimta vaziyatdan ham foydalana olishadi. Haqiqatga tik boqish kerak.
Biz hamisha g‘alabalardan ham, mag‘lubiyatlardan ham saboq olamiz, – degan Gvardiola.
Mavzuga oid
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
14:08 / 13.04.2026
«Siti» «Chelsi»ni yirik hisobda yengdi
21:21 / 16.03.2026
«Chelsi» Abramovich davridagi qoidabuzarliklar uchun 10 mln funt jarimaga tortildi
10:59 / 15.03.2026