Jahon | 08:23 / 10.12.2018
4470
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro AQShni Venesuelada to‘ntaruv amalga oshirmoqchi bo‘layotganlikda aybladi

Foto: REUTERS/Miraflores Palace

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning aytishicha, AQSh Venesuelada davlat to‘ntaruvini amalga oshirishga tayyorlanmoqda.

“Oq uy boshchiligida Venesuelaning demokratik hayotini izdan chiqarish va davlatimizda mavjud bo‘lgan konstitutsiyaviy, demokratik tuzumga qarshi davlat to‘ntaruvini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar boshlangan”, deb aytgan Maduro.

Venesuela prezidenti yaqin kunlarda alohida matbuot anjuman o‘tkazib, u tomonidan fosh qilingan “Vashington rejalari” haqida so‘zlab berishga va'da bergan.

Avgust boshida Karakasdagi parad vaqtida Maduroga suiqasd amalga oshirilgan. Maduro suiqasdni tashkillashtirishda muxolifatni va Kolumbiyaning sobiq prezidenti Xuan Manuel Santosni ayblagandi. Venesuela prezidenti AQSh ko‘magida unga qarshi fitna tayyorlanayotganidan xabardor bo‘lganini ma'lum qilgandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid