Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya taraqqiyot agentligi O‘zbekistondagi islohotlar uchun 150 mln yevro ajratdi
O‘zbekiston Moliya vazirligida O‘zbekiston va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida 150 mln yevrolik zayom kelishuvini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
Zayom O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish uchun qaratilgan. Bu strategiyani amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun fransuz agentligi direktorlar kengashi 20 yilda qaytarish sharti bilan, jumladan 6 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga oluvchi imtiyozli zayomni taqdim qilishni ma'qulladi. Loyihaning amalga oshirilishi hududlarning ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish va ishchi o‘rinlarini yaratish bo‘yicha davlat dasturlarini byudjyetdan moliyalashtirishni qo‘shimcha manbalar bilan ta'minlaydi.
Loyiha Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida ishlab chiqilgan. Zayomning taqdim qilinishi OTBning makroiqtisodiy ma'lumotlar shaffofligini ta'minlash, fiskal-moliyaviy boshqaruvni mustahkamlash, davlat korxonalarida menejmentni yaxshilash va xususiy sektorning davlat dasturlaridagi ishtirokini kuchaytirish siyosati doirasida amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
23:44 / 13.06.2026