Jamiyat | 11:08 / 12.12.2018
10264
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Konimexdagi tadbirkorlik sub'yektlariga katta soliq imtiyozlari berildi

Navoiy viloyatining Konimex tumani har tomonlama qulay joylashuv geografiyasiga ega. Avtomagistral yo‘llari Zarafshon, Uchquduq va Tomdi tumanlarini o‘zaro bog‘laydi, eng muhimi viloyat markazidan bor yo‘g‘i 25 km uzoqlikda joylashgan, xalqaro yuk tashishga mo‘ljallangan aeroport orasi 35 km masofani tashkil etgani ham tadbirkorlar uchun ancha qulay.

Shu bilan birga, tadbirkorlik sub'yektlariga yer maydoni ajratish uchun tuman zaxirasida bo‘sh yer maydonlari mavjud. Tuman kommunal tarmoqlar, elektr energiyasi, tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan ta'minlangan.

Bundan tashqari, tuman markazidan 5 km uzoqlikda temir yo‘l stansiyasi (yuk tashish uchun) faoliyat yuritmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 29 sentabrda PQ-3301-sonli qaror qabul qilinib, ushbu qarorga asosan Navoiy viloyati Konimex tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar bilan bir qatorda yangidan tashkil etiladigan tadbirkorlik sub'yektlariga katta soliq imtiyozlari berildi.

Qaror bilan Konimex tumani aholisining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash uchun yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub'yektlari barcha turdagi soliqlardan ozod etilganligi tuman ahli uchun bildirilayotgan g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasidir.

Jumladan, 2017 yil 1 oktabrdan boshlab 2028 yilning 1 yanvariga qadar, tumanda sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasida yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub'yektlarini (savdo va avtomobillarga gaz qo‘yish xizmatidan tashqari) barcha turdagi soliqlardan va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlardan;

tuyachilik va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida faoliyatini amalga oshiruvchi fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlik sub'yektlari - yagona ijtimoiy to‘lovdan;

davlat ro‘yxatidan o‘tgan va tuman hududida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar - qat'iy belgilangan soliqlardan;

davlat ro‘yxatidan o‘tgan va faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarning muassislari dividend tarzida olingan foydasidan to‘laydigan daromad solig‘idan ozod etildi.

Tadbirkorlik sub'yektlariga beriladigan bunday imtiyoz va preferensiyalardan foydalangan holda, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlash maqsadida Konimex tumanida tadbirkorlikni amalga oshirishga barcha ishbilarmonlarni chorlab qolamiz.

Telefonlar: 

8 436 51 22 430

8 436 51 22 850

+998 97 797 55 77

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid