Joriy yilning 1 sentabr kuni soat 12:18larda, Navoiy viloyati Konimex tumani hududidan ötuvçi A-379 “Navoiy-Zarafşon-Uçqududuq” avtomobil yölining 85-86 kilometrlar oraliğida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, “Zarafşon-Navoiy” yönalişida haydovçi, 1994 yilda tuğilgan Ye.B. “Neksiya” rusumli avtomobilni boşqarayotib, çarçoq oqibatida uxlab qolib boşqaruvni yöqotgan va transport vositasi yölning öng tomoniga çiqib ketib ağdarilgan.

Natijada, “Neksiya” rusumli avtomobil yölovçisi, 2010 yilda tuğilgan G.N. oğir tan jarohatlari olib şifoxonada vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barça haydovçilardan çarçoq holatida transport vositasini boşqarib özi va özgalar hayotini xavf ostiga qöymasliklarini sörab qolamiz. Sizning qoidabuzarligingiz kimningdir ölimi yoki butun umr nogiron bölib qolişiga sabab bölişi mumkin”, - deyiladi ma'lumotda.












