1992 yilda tuğilgan, Navoiy viloyati Karmana tumani “Zarafşon” köçasida istiqomat qiluvçi N.V. tanişi, 1985 yil Buxoro viloyatida tuğilgan, Şofirkon tumani “Denov” mahallasida yaşagan F.M. bilan Konimex tumani “Karakata” ovuliga qaraşli daşt hududida joylaşgan “Sentyabrskiy” nomli eski oltin konida, hozirda qöriqlanmayotgan taşlandiq karerdan tarkibida tilla zarralari mavjud qumlarni qazib olgan.

Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar qilişiça, noqonuniy iş jarayonida yuzaga kelgan özaro navbat talaşiş şerikçilik buzilişiga sabab böldi. Murosasizlik oqibatidagi janjal N.V.ning F.M.ga qöl zarbasi orqali tan jarohati yetkazişi bilan yakunlandi. 

Qayd etilişiça, F.M. spirtli içimlik iste'mol qilganligi natijasida muvozanatini yöqotib, çap tomonga yiqilgan va boşi toşga tekkan.

Zarafşon şahar “Daugustou” qörğonidagi vraçlik punktida F.M.ga körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u olgan jarohati natijasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan N.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.