Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda yuz bergan YTHda 4 kishi vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidagi «Qoraqata» posti yaqinida haydovchi uxlab qolishi oqibatida yuk mashinasi ag‘darilib ketgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat IIB rasmiy ma'lumot berdi.
2021 yilning 7 dekabr kuni Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 avtomobil yo‘lida “Damas” avtomashinasi “Zarafshon-Navoiy” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib borib, qarama-qarshi tomonga chiqib ketgan va “DAF” rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada, “Damas” avtomashinasida bo‘lgan haydovchi va bir nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Tez tibbiy yordam orqali olib ketilgan yana ikki nafari ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay nobud bo‘ldi.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
13:12
“Malibu bolani 100 metrgacha sudrab ketgan” – Andijondagi mudhish hodisa tafsilotlari
10:30
Qashqadaryoda tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi 9 ta avtomobilni urib ketdi
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
10:15 / 01.07.2026