Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pike 70 yildan ortiq tarixga ega klubni sotib oldi
Foto: Sergio Ruiz/PRESSINPHOTO/GTRES
«Barselona» himoyachisi Jyerar Pike Ispaniyaning «Andorra» klubini sotib oldi. Bu haqda mahalliy matbuotga asoslangan holda AS xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Pike xaridni o‘ziga tegishli «Kosmos» kompaniyasi orqali amalga oshirgan. Uning maqsadi klubni rivojlantirish va uni yuqori divizionlarga olib chiqishdir.
«Andorra» hozirda beshinchi divizion vakili sanaladi. Klub 1942 yilda tashkil etilgan, 1980-1998 yillarda uchinchi ligada qatnashgan.
Avvalroq Pike nafaqat klub sotib olish, balki yangi turnirga ham asos solish niyatida ekanini tasdiqlagan edi.
«Biz ikkita loyiha ustida ishlayapmiz. Ulardan biri – klub sotib olish. Ikkinchisi esa yangi musobaqa yaratish yoki hozir mavjud turnirlardan birini isloh etish. Boshqa hech narsa deya olmayman. Bular juda yaxshi loyihalar bo‘lishiga ishonchim komil», - degan edi himoyachi.
Ma'lumot uchun, Jyerarning «Kosmos»i bunga qadar tennis bo‘yicha Devis Kubogini isloh etish tashabbuskori va jarayon homiysi bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:32 / 23.10.2023
Eng ko‘p va kam sayyoh boradigan joylar – bu borada O‘zbekistonning holati qanday?
12:08 / 06.11.2022
«Barselona» Pike bilan xayrlashdi, Holand qaytdi va g‘alaba keltirdi. Kun o‘yinlari
01:54 / 04.11.2022
«Barsa» menga hamma narsani berdi. Sayohatni yakunlash vaqti keldi». Pike futbolchilik faoliyatini tugatishini e’lon qildi
22:24 / 01.10.2019