Jarohatidan soğaygan Holand «Man Siti» zayavkasiga qaytdi. Norvegiyalik futbolçi öyinni zaxira örindiğida boşladi, hujum markazida «nayza uçi» vazifasini Alvares bajardi. «Şaharliklar»ning sönggi tört golida iştirok etgan argentinalik futbolçi yana özini yaxşi tomondan körsatdi va himoyaçilar ortiga oçilib, Gundöğonning uzatmasidan keyin töpni tösin ostiga kuçli zarba bilan yölladi.
Ammo şundan keyin işlar Xosep Gvardiolaning rejalariga ters keta boşladi. Arbitr penalti qöyiş bilangina çeklanmasdan, qoidabuzar Joau Kanseluni maydondan çetlatganida çempionlar murabbiyi şok holatida edi. «Fulhem» birinçi bölimda birgina zarba beriş orqali hisobni tenglaştirdi - «MYu»ning sobiq futbolçisi Andreas Pereyra «nuqta»dan adaşmadi.
Mehmonlar «Etihad»da turib berişdi va hozirda bejiz turnir jadvalining birinçi yarmida mustahkam joylaşmaganini isbotlaşdi, ayniqsa, «Arsenal»ning sobiq posboni Bernd Leno qator seyvlar amalga oşirdi. Ammo öyinga 64-daqiqada tuşirilgan Holand omili baribir iş berdi, uning goli avvaliga mikroskopik ofsayd tufayli bekor qilindi, bu vaziyatda barçasini santimetrlar hal qildi, ammo bu santimetrlar öyin oxirida unga yordam ham berdi, qöşimça daqiqalar söngida De Bryuyne jarima maydonida yiqilib penalti işladi, Leno Holandning zarbasi yönalişini topdi, lekin töp uning qöllari ostidan ötib ketdi.
Endi «Siti» kamida «Arsenal»ning bugun «Çelsi»ga qarşi keçadigan öyini yakunigaça birinçi öringa qaytdi.
Mavzuga oid
Ispaniya: Pike yetakçi sifatida ketdi
Barselona — Almeriya 2:0 Gollar: Dembele (48), de Yong (62).
Aniq ijro etilmagan penalti: Levandovski (7).
Barselona – ter Stegen, Balde, Pike (Kristensen, 85), Alonso, Alba, Buskets (Gavi, 68), de Yong, Pedri, Levandovski, Dembele (Rafinya, 68), Ferran Torres (Fati, 61).
Almeriya – Fernando, Mendes, Eli (Eguaras, 68), Çumi, Kayki (Babiç, 46), Akeme, Melero (Puçmal, 68), Robertone (Portilo, 79), Samu Koşta, Baptistao (Diyego Souza, 46), Ramazoni.
Ogohlantirişlar: Kayki (6), Ferran Torres (9), Dembele (42).
Şanba kuni «Kamp Nou» Jyerar Pike bilan xayrlaşdi, bu futbolçi nafaqat faoliyatida «Barsa»dan keyin boşqa jamoa bölmasligi haqidagi va’dasini bajariş uçun butsalarini mixga ildi, balki «Barselona»ga moliyaviy jihatdan yordam berdi, jonajon klubining 50 million yevrolik qarzidan keçib yubordi. Ehtimol aynan şuning evaziga kök-anorranglilar yanvarda Bernardu Silvani safiga qöşib olişi mumkin böladi. Maydonga öğillari bilan çiqib kelgan Pike öz orzusidagi yana bir qadamni taşladi — u klub prezidentligi uçun keyingi saylovlarga nomzodini qöyadi.
Va barça aynan şu kuni sardorlik boğiçini taqib çiqqan Jyerar öyinning ilk daqiqalarida belgilangan penaltini ijro etiş uçun yöl olişini kutgandi. Tribunalar buni talab qildi va aftidan şunday qiliş kerak edi, çunki öyin oldidan la liganing oktyabr oyidagi eng yaxşi futbolçisi uçun atalgan sovrinni qabul qilib olgan Levandovski töpni tepişdan oldin tuşunarsiz pauza qildi va qiyşiq zarba berdi. Faqat qayd etiş kerakki, Pikening özi ham zarbani polşalik forvard ijro etişi kerakligini körsatgandi.
Birinçi bölim davomida 16 bor zarba bergan «Barsa» yana bir qança qulay vaziyatlardan foydalana olmadi va bölim golsiz yakunlandi. Mezbonlar himoyasidagi qöpol xatodan «Almeriya» gol urib ketişi ham mumkin edi, ammo Ter Ştegen qutqardi. Ikkinçi bölimda esa Dembelening qanotdan yorib kirişi hisobdagi muvozanatni buzdi. Fransuz hujumçisi pozitsiyasini maksimal darajada yaxşilab olib şunday zarba berdiki, darvozabon bu zarbani tösiş uçun taşlanib ham ötirmadi.
Köp ötmay raqib jarima maydonida böş qoldirilgan Frenki de Yong darvozabondan qaytgan töpni törga qayta joylab qöygaç, öyindagi intriga öldi, öyin oxirlarida esa Pike almaştirilayotganida har bir jamoadoşi bilan quçoqlaşib xayrlaşiş uçun köp vaqt sarflaşi raqibda e’tiroz uyğotmadi. Ehtimol, hisobdagi farq ikki gol bölmaganida ham «Almeriya» futbolçilaridan heç biri bunga qarşi bölmagan bölardi.
Jamoa bilan 30 sovrin yutgan Pike la liga yetakçisi sifatida faoliyatini yakunladi. Kataloniyaliklar kamida duşanba kunigaça, «Real»ning tur doirasidagi öyini ötkazilgunça turnir jadvali peşqadami bölib qoladi.
Italiya: «Napoli» Xviçasiz ham amalladi, Jiru top-gol urdi
Atalanta — Napoli 1:2
Gollar: Lukman (19, penalti) — Osimhen (23), Elmaz (35).
Atalanta – Musso, Hatebur (Soppi, 86), Toloi, Demiral, Skalvini, Mele, Paşaliç (Malinovskiy, 71), Kopmeyners (de Ron, 81), Ederson, Lukman (Boga, 81), Heylund (Sapata, 71).
Napoli – Meret, Di Lorenso, Jyezus, Kim Min Je, Olivera, Lobotka, Zelinski (Politano, 64), Zambo-Angissa (Gaetano, 90+3), Elmaz (Dzerbin, 90+3), Losano (Ndombele, 64), Osimhen (Simeone, 75).
Ogohlantirişlar: Demiral (36), Kim Min Je (57), Heylund (58), Sapata (90+2), Toloi (90+4).
Beldagi oğriq tufayli Kvaraxseliya A seriya turnir jadvalining birinçi va ikkinçi poğonalarini egallab turgan jamoalar örtasidagi turning markaziy uçraşuvini ötkazib yubordi. «Napoli» asosiy yulduzisiz hisobda ta’qib etuvçi jamoaga aylandi, burçak zarbasi amalga oşirilganida töp Osimhenning qöliga tegdi va videotakrordan keyin penalti belgilandi, faoliyatidagi eng samarali mavsumni ötkazayotgan Lukman (6 gol) zarba berişda adaşmadi.
Çempionatning eng yaxşi töpurari bölib turgan Osimhen esa aybini ortiği bilan yuvdi, avvaliga u Zelinskining uzatmasini boş bilan zarba beriş mahoratini işga solgan holda golga aylantirdi. Keyin esa A Seriyada eng köp gol urgan nigeriyalik futbolçiga aylanib olgan (32 gol) forvard assistent rolini bajardi va Elmas gol urişiga yordam berdi. Elmasga bu öyinda omad kulib boqdi, ikkinçi bölimda Lukmanning zarbasidan keyin töp unga tekkan holda darvoza tösiniga tegdi.
A seriya tarixida ilk bor qatorasiga töqqiz ğalaba qayd etgan «Napoli» endi bu ta’qibçisi bilan oradagi farqni yanada oşirdi (8 oçko).
Amaldagi çempionlar «Napoli» taqdim etgan imkoniyatni boy bermadi va «Atalanta»ni quvib ötib, ikkinçi öringa kötarildi. Lekin jamoa birinçi bölimda juda qiynaldi, Ernandesning golida ofsayd bor-yöqligini VAR bir neça daqiqa davomida tekşirdi. «Milan» tanaffusgaça yana gol urişiga raqiblar darvozaboni Drongovski va Rafael Leauning zarbasi tösinga tegişi xalal berdi (goldan oldinroq Kruniçning zarbasi bilan ham şunday bölgandi). Bölim oxirlarida esa Nzola mezbonlar darvozabonidan ötdi, ammo böş darvozani işğol eta olmadi.
Biroq mehmonlarning ketma-ket hujumlari baribir samara berdi, bu hatto dramatik keçdi — Daniele Maldini otasining köz öngida hisobni tenglaştirdi. Paolo Maldini öz öğlini «Spetsiya»ga buning uçun ijaraga bermagani aniq, u esa «San-Siro»dagi ilk golini raqib jamoa safida urdi.
Ikkinçi bölim davomida Tonalining ajoyib goli videotakrordan keyin bekor qilindi - hujum boşlanişida fol röy bergani qayd etildi. Stefano Pioli boşqaruvida irodali jamoaga aylangan «Milan» baribir maqsadiga erişdi. «Rossoneri»ning mavsumdagi qahramonlaridan yana biri Jiru öyinga qöşib berilgan daqiqalarda Tonalining uzatmasidan keyin töpga aql bovar qilmas harakat bilan sakradi va ğalaba golini urdi. Golni nişonlaş çoğida u futbolkasini yeçib yubordi va ikkinçi sariq kartoçkani olib, keyingi turni ötkazib yuboradigan böldi.
«Borussiya» şu kuni yomon öynaşga haqli emasdi, çunki dortmundliklar öyiniga şu kuni klubning afsonaviy prezidenti — 75 yoşli Raynhard Rauball kelgandi. Uni bu lavozimga birinçi marta 1979 yilda saylaşgandi — u öşanda bundesliga tarixidagi eng prezidentga aylangan. Şanba kuni «Signal Iduna Park» tribunalariga murojaat qilar ekan, Rauball şuni tan oldi: dastlabki vaqtlarda u butun hayotini şu klub bilan boğlaşini tasavvur qilmagan. Endi esa — u faxriy prezident, bunaqasi esa Germaniyada kamdan kam kuzatiladi.
Fanatlar bossga ta’sirli banner tayyorlaşdi, futbolçilar esa birinçi bölimning özida autsayder mudofaasini yakson etişdi. Avvaliga Mukokoning zarbasi rikoşet orqali darvoza tösini ostidan törga borib tuşdi. Keyin Reyna Malen tomonidan işlangan penaltini aniq ijro etdi. Nihoyat Mukoko bölim oxirida darvozabon oldinga çiqib ketganidan foydalanib, dublni nişonladi.
Şundan söng «asalarilar» tinçlanişdi va ikkinçi bölim köproq şifokorlar iştirokidagi noqulay vaziyatlar bilan yodda qoldi. «Borussiya» xodimlari Hummelsga yordamga şunçalik şoşilişdiki, ulardan biri toyib ketdi va Rafael Gerreyruni çalib yiqitdi. Bir neça daqiqadan keyin «Bohum» fiziaterapevti ham yiqilib tuşdi va uning oyoği gazonda yotgan Losillaning yuziga borib urildi. Futbolçilar baxtiga ikki holat ham jiddiy oqibatlarsiz keçdi va «Borussiya» soğayib safga qaytgan Roys bilan uçinçi öringa kötarildi.
Avvaliga Sandro Şvarsda «Bavariya»ga taklif etiş uçun heç narsa yöqdek körindi. «Herta»ning ilk xatosiyoq Musialaning goli bilan yakunlandi. Keyin ayni damda fenomenal öyin körsatayotgan Şupo-Moting golli seriyasini yetti öyinga yetkazdi va ikki daqiqa içida ikki gol urdi. Kamerunlik futbolçi gol seziş qobiliyatini namoyiş etmoqda va ikki holatda ham raqib jarima maydonida kerakli vaqtda kerakli joyda paydo böldi.
«Bavariya» kamida yakşanba kungi öyinlar yakuniga qadar peşqadamlikka qaytgan bölsa-da, bu öyinda ğalabani qöldan boy berişi ham mumkin edi. Myunxenliklar böşaşib Lukebakio töpni töxtatmasdan darvozaga yöllaşiga imkon berişdi, köp ötmay jamoa darvozasiga penalti belgilandi. Tanaffus arafasida hisobni qisqartirgan «Herta» öyin yakuniga qadar mehmonlarni tahlika ostida uşlab turdi. Öyinning oxirgi daqiqalarida Upamekano jarima maydonida qoidabuzarlik qilgani uçun navbatdagi penalti belgilanişi ham mumkin edi, ammo hakam mezbonlarning talabini qondirmadi.
Myunxenliklar posboni Noyyer uçun bu «Herta»ga qarşi öyinlardagi 22-ğalaba böldi va bundesligada bir futbolçi bir raqibga qarşi öyinlarda erişgan eng yaxşi natijadir. Myunxenliklarning könglini xira qiladigan yana bir voqea Deyvis jarohat olişi böldi. Kanadiyalik futbolçi kamida JÇ-2022 startini ötkazib yuborişi mumkin.
Kun statistikasi
APLda qatorasiga ikki öyinda ikki gol ustunligiga ega bölaturib yakunda mağlubiyatga uçragan 1-jamoa «Bornmut» böldi.
2 daqiqayu 32 soniya — «Salernitana» safidagi Pentyok jamoasining A seriyadagi eng tezkor golini urdi.
2 goda ne delal dubley otliçivşiysya v derbi s «Beşiktoş» napadayuşçiy «Galatasaroy» hujumçisi Ikardi «Beşiktoş»ga qarşi dubl qayd etdi, jamoa futbolçilari derbi öyinlarida ikki yildan buyon dubl qayd etişmagandi.
4 oçka Ispaniya çempionatida «Elçe» 13 turda 4 oçko jamğardi. La ligada mavsumning bu davrida bundan kamroq oçko jamğargan avvalgi jamoa Xixonning «Sporting» klubi bölgandi, öşanda xixonliklar 1997/98 yillar mavsumida 13 turdan keyin 2 oçko olişgandi.
«Brentford» futbolçilari APLda 10 penalti ijro etişdi. Bu 11 metrlik jarima zarbasini ijro etişda biror marta xato qilmagan jamoa uçun eng yaxşi körsatkiç.
«Şalke» Bundesligada safar öyinlaridagi ğalabasiz seriyasini 35 öyinga yetkazdi. Bu «Karlsrue» tomonidan 1975-1981 yillar oraliğida qayd etilgan turnir antirekordi takrorlanişidir.
«Ayaçço» liga 1 öyinlarida 0:2 hisobini ğalabaga aylantiriş uçun 134-urinişda muvaffaqiyatga erişdi. Bungaça jamoa şunday vaziyatda 4 durangga erişib, 129 holatda mağlubiyatga uçragan.