Eng köp va kam sayyoh boradigan joylar – bu borada Özbekistonning holati qanday?
|15:32 / 23.10.202324 3449 min
Koronavirus pandemiyasigaça bölgan sönggi normal sayohat davri - 2019 yilda aholi, hudud jihatdan Andorra va Xitoyning Makao tumani eng köp sayyohlarni jalb qilgan.
Kişi boşiga 37 nafar sayyoh
468 km² yer maydoni va 83 ming 523 nafar aholiga ega bölgan Andorra har yili 3 mln nafar sayyohni qabul qiladi. Jahon turizm taşkilotining 2019 yildagi ma’lumotlariga köra, aholi jon boşiga 37 nafar turist töğri keladi, bu öşa vaqtda qayd etilgan eng katta statistik raqam hisoblanadi.
Andorra – aholi jon boşiga hisoblaganda dunyo miqyosida eng köp sayyohlarga ega davlat / Foto: The Telegraph
Fransiya va Ispaniya oraliğida joylaşgan mitti davlat özidagi mavjud aholidan ham köproq sayyohni qabul qiluvçi dunyodagi 66 ta davlatdan biri sanaladi. Şuningdek, bu röyxatga 17 mln 350 ming nafar sayyoh va 3 mln 890 ming nafar mahalliy aholiga ega Xorvatiya, 67 mln 30 ming fuqarosi va yiliga 39 mln 420 ming sayyohi bor Buyuk Britaniya ham kiritilgan. Qolaversa, Avstriya, Gretsiya, Daniya, Portugaliya va BAAga boradigan sayyohlarning yillik soni rezidentlarga qaraganda ikki baravar köpligi ham aytiladi.
Andorra poytaxti – Andorra la Velya sayyohlar orasida haşamat, elektronika mahsulotlari, sigaretalar, şuningdek, arzonroq şaharligi bilan ham maşhur. Lekin mamalakatga taşrif buyuruvçilar soni kundan kunga ortib borayotgani faqat bular bilan boğliq emas.
Andorrada soliq tizimi ança yengillaştirilgan, şu sababli ham mamlakat, ayniqsa, Fransiya va Ispaniya fuqarolari uçun jozibali.
Sayyohlar Andorraning poytaxtiga asosan arzon narxdagi haşamat tovarlarini sotib oliş uçun borişadi / Foto: The Telegraph
Qolaversa, Andorra özining toza havosi va gözal tabiati bilan ham sayohatçilarni öziga jalb qilib kelgan. Hudud toğlardan iboratligi sabab qiş mavsumida aholi uçta çanği zonasiga: Grandvalira, Ordino Arkalis va Pal-Arinsalga boradi. Yozda esa velosipedda sayr qilişni afzal körişadi.
Kiçkina, ammo “bağri keng” hudud – Makao
Andorra aholi jon boşiga hisoblaganda eng köp sayyohga ega mamlakat bölişi mumkin, ammo hudud jihatdan unday emas. Çunki mahalliy yaşovçilar “qoçib qutilişi” mumkin bölgan toğliklari bor. Xitoyning janubi-şarqiy tomonida joylaşgan Makao tumani haqida esa bunday deyiş muşkul. Tuman 118 km² yer maydoniga ega bölib, u 2019 yilda 18 mln 630 ming nafar sayyohni qabul qilgan.
Mavzuga oid
Kiçkinagina Makao 2019 yilda 18 mlndan ortiq sayyohni qabul qilgan / Foto: The Telegraph
Makaoga köplab mehmonlar birgina maqsad bilan keladi, bu ham bölsa – pul. Ma’lumotlarga köra, tuman kazino markazi bölib, “Şarqning Monte-Karlosi” nomini ham olgan. Tavakkalçilikka asoslangan öyinlar hisobidan tuşadigan mablağ YaIMning yarmini taşkil qiladi.
Xitoyning qolgan qismida qimor öyinlari taqiqlangani sabab Makaoga boşqa yarimorol va Hongkongdan keluvçilar soni köp. Makao kazinolaridan olinadigan daromadlar hatto Las-Vegasnikidan ham yuqori ekani aytiladi. Tumanda mehmonxona xizmatlaridan bemalol foydalaniş mumkin, buning uçun 22 ta beş yulduzligi barpo qilingan.
Vatikan haqida nima deyiş mumkin?
Vatikan haqida Jahon turzim taşkiloti köp ham malumotlarga ega emas. Çunki turistlarning bu hududda tunni ötkazişi mumkin emas. Ammo kunlik hisobotlarga tayanilsa, bu joy ham köplab sayyohlarni qabul qiluvçilar qatorida turadi. 764 nafar doimiy aholisi bor, yer maydoni 44 gektargina Vatikan yiliga 6 million mehmonni qabul qiladi. Bu har bir rezidentga 7 ming 853 nafar sayyoh töğri keladi degani.
Vatikanda turistlar tunni ötkazişi mumkin emas, ammo kunning yoruğ vaqtini hisoblaganda sayyohlar soni köp / Foto: The Telegraph
Dunyodagi eng kam sayyoh taşrif buyuruvçi mamlakatlar
Bangladeş aholi jon boşiga nisbatan olinganda eng kam sonli turistlar boradigan davlat hisoblanadi. Mamlakat aholisi 169 mln 800 ming nafar, lekin yiliga bor-yöği 323 ming, kişi boşiga atigi 0,002 sayyoh bu yerga mehmon sifatida boradi. Şu jihatdan Bangladeş dunyoda eng kam turistlarni qabul qiluvçi mamlakatlar qatoridan joy egallagan.
U yerda bir neça bor bölgan sayohatçilar Alistair va Gill Kempbellning sözlariga köra, OAVda Bangladeş haqida nima yomon xabar, misol uçun, suv toşqinlari bölsa, beriladi. Ammo uning barqaror iqtisodiy ösayotgani, hukumati tilga olinmaydi.
Bangladeş yiliga atigi 323 ming nafar sayyoh qabul qiladi / Foto: The Telegraph
“Buyuk Britaniyadan töğridan töğri reyslar, arzon narx va köp kaşfiyotlarga qaramay, juda kam sayyohlik kompaniyalari Bangladeşga sayohat qiladi. [Bu davlatda] yölbarslar va noyob delfinlar, qadimiy masjid va ibodatxonalar, rang-barang bozorlar, çoy butalari bilan qoplangan tepaliklar bor”,– deydi sayohatçilardan biri.
Eng kam sayyohlar haqida gap ketganda, Markaziy Afrikada joylaşgan Çad Respublikasiga ham töxtalib ötiş kerak. Bu mamlakat 1 284 000 km² yer maydoniga ega bölsa-da, 2019 yilda atigi 79 ming sayyohni qabul qilgan.
Çad asosan özining jonli tabiati bilan köplab turistlarni öziga jalb qila olişi mumkin. Masalan, Tibesti toğlari, Ennedi toğ platosi va Zakuma milliy boği haqiqiy yovvoyi hayotni özida jamlay olgan. Afsuski, mamalakat Taşqi işlar vazirligi sayohatlar borasida liberal emas. Respublikaning aksariyat joylarida sayohat qiliş taqiqlangan.
Ennedi toğ platosi / Foto: the Natural Arch and Bridge Society
Mamlakatda joylaşgan Zakuma milliy boğidagi fillar / Foto: Easyvoyage UK
Özining ball raqsi, Samba ritmlari, ilonga töla daryolari va qumli plyajlari bölgan Braziliya ham köpçilik orasida maşhurlaşişi mumkin edi. 8 510 000 km² yer maydoniga ega Braziliya yiliga atigi 6 mln 350 ming nafar sayyohni qabul qiladi – aholi jon boşiga 0,031 (bu borada 172-örin) nafar degani.
Janubiy Amerikadagi eng katta va aholisi eng köp bölgan mamlakat – Braziliya / Foto: The Telegraph
Sönggi yillarda Braziliya aynan turizmni rivojlantiriş, bor salohiyatini yanada oşiriş maqsaida köplab işlarni amalga oşirdi. Jumladan, AQŞ, Kanada, Avstraliya va Yaponiyadan keluvçilar uçun viza tösiqlarini olib taşladi. Masalan, britaniyaliklar allaqaçon vizasiz ham kelişi mumkin bölib qolgandi. Ammo parvoz narxlarining qimmat ekani turistlar oqimiga salbiy ta’sir körsatmoqda.
Bu borada Özbekistondagi holat qanday?
Jahon turizm taşkilotining 2019 yilda e’lon qilgan raqamlariga köra, Özbekistonga keluvçi sayyohlar soni 6 mln 749 ming nafarni taşkil qilgan. Bu kişi boşiga 0,186 nafar sayyoh degani. Bu borada Özbekiston 190 davlat orasida 128-örinni egallagan.
Özbekiston statistika agentligi e’lon qilgan raqamlariga köra, 2023 yilning yanvar-iyul oylarida respublikaga jami 3 mln 700 ming nafar çet el fuqarolari turistik maqsadlarda taşrif buyurgan. Şundan 397 ming 300 nafari dam oliş maqsadida kelgan. 7 oyda eng köp dam oliş maqsadida kelgan davlat fuqarolari orasida 137,2 ming nafar bilan Rossiya birinçi örinni egallagan.
Bu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça köriniş oldi:
Qozoğiston – 33,6 ming nafar;
Tojikiston – 21,5 ming nafar;
Qirğiziston – 20,3 ming nafar;
Turkiya – 19,3 ming nafar;
Hindiston – 14,3 ming nafar;
Xitoy – 14,1 ming nafar;
Turkmaniston — 13,5 ming nafar;
Janubiy Koreya – 12,1 ming nafar;
Germaniya — 10,6 ming nafar.
Qolaversa, agentlik sayyohlik maqsadida xorijga çiqib ketgan özbekistonliklar bilan boğliq statistikani ham e’lon qilgan. Unga köra, yanvar-iyul oylarida 2,5 million nafar Özbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan. Eng köp safar qilgan davlatlar orasida Qirğiziston birinçi örinni egallab turibdi – 1 mln. Keyingi örinlardan mos ravişda 625,5 ming nafar va 421,4 ming nafar özbekistonlik safarni amalga oşirgan Tojikiston hamda Qozoğiston joy olgan.
Körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça köriniş oldi: