
Himoyaçi Jyerar Pike «Barselona»ni tark etişi va faoliyatini yakunlaşini e’lon qildi.
«Oxirgi haftalar, oylar, köpçilik men haqimda gapirdi. Şu paytgaça javob bermadim, lekin hozir gapiraman.

Köplaringiz kabi men ham doim «Barsa» muxlisi bölganman. Klub muxlislari oilasida tuğilganman. Bolaligimda şunçaki futbolçi emas, balki «Barsa» öyinçisi bölişni xohlaganman.
Sönggi paytlarda öşa bola haqda köp öylayapman. Öşanda unga barça orzulari röyobga çiqişini aytişganida — «Barsa»ning asosiy jamoasida öynaşi, hamma sovrinni yutişi, Yevropa va jahon çempioni bölişi, dunyoning eng yaxşi futbolçilari bilan öynaşi va jamoa sardorlari qatoriga kirişi, bir umrlik döstlar topişi...

«Barselona»ga kelganimga 25 yil böldi. Ketdim, ammo qaytib keldim. Futbol menga hamma narsani berdi, «Barsa» menga hamma narsani berdi.
Bolaning barça orzulari amalga oşdi, men sizga qarorim haqida xabar bermoqçiman — bu sayohatni yakunlaş vaqti keldi. Doim «Barca»dan boşqa jamoa bölmasligini aytdim. Va şunday böladi. Şanba kungi «Almeriya»ga qarşi bahs «Kamp Nou»dagi oxirgi öyinim böladi.

Doimiy muxlisga aylanaman, jamoani qöllab-quvvatlayman. Xuddi ota-onamga öxşab «Barsa»ga bölgan muhabbatimni farzandlarimga ötkazaman. Va siz meni bilasiz: ertami-keçmi qaytaman. «Kamp Nou»da körişgunça. Yaşasin «Barselona!» — deydi Pike «tvitter»dagi sahifasida.












