Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya Putin va Tramp uchrashuvini qabul qilishga tayyorligini bildirdi
Agarda tomonlar o‘zaro kelisha olishsa, Avstriya Rossiya va AQSh o‘rtasidagi uchrashuvni qabul qilishga tayyor. Bu haqda Avstriya TIVning Rossiya masalalari bo‘yicha maxsus vakili Margot Klestil-Lyoffler ma'lum qildi.
"Bizda bunday uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha katta tajriba bor, agarda tomonlar kelisha olishsa, biz bunday uchrashuv uchun maydon taqdim etishga tayyormiz", dedi u.
Vladimir Putin va Donald Trampning to‘liq shakldagi uchrashuvi 16 iyul kuni Xelsinkida bo‘lib o‘tgandi.
Noyabr oyida Rossiya va AQSh prezidentlari G20 sammiti doirasida Buenos-Ayresda uchrashishi kutilgandi, ammo Tramp bu uchrashuvdan voz kechdi.
Mavzuga oid
10:15 / 29.06.2026
Avstriyaning ikkinchi yirik shahri kommunistlarga ovoz berdi
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
22:50 / 01.06.2026