Sport | 09:30 / 13.12.2018
14956
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL pley-offining barcha ishtirokchilari ma'lum. Kimlar Yevropa Ligasida kurashadi?

Chempionlar ligasida guruh bosqichi ortda qoldi. Kecha kuchli o‘n oltitalikning so‘nggi a'zosi «Lion» bo‘lishi aniqlandi.

Quyidagi jamoalar o‘z guruhlari g‘olibi sifatida keyingi bosqichga yo‘l oldi: «Borussiya D», «Barselona», «PSJ», «Portu», «Bavariya», «Manchester Siti», «Real», «Yuventus».

Ikkinchi o‘rin bilan pley-offga chiqqan klublar esa quyidagilar bo‘ldi: «Atletiko», «Tottenxem», «Liverpul», «Shalke», «Ayaks», «Lion», «Roma», «Manchester Yunayted».

Uchinchi o‘rin sohiblari esa kurashni Yevropa Ligasida davom ettirishadi: «Bryugge», «Inter», «Napoli», «Galatasaray», «Benfika», «Shaxter», «Viktoriya», «Valensiya».

Musobaqa bilan xayrlashgan jamoalar esa quyidagilar: «Monako», PSV, «Tsrvena Zvezda», «Lokomotiv», AYeK, «Hoffenhaym», TsSKA, «Yang Boyz»

Nimchorak final qur'asi 17 dekabr, dushanba kuniga belgilangan. Guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni olganlar joy olgan alohida ikkita savatchaga ajratiladi. Qur'a qoidasiga ko‘ra ishtirokchilar o‘z guruhdoshlari yoki o‘z mamlakatining boshqa bir klubi bilan to‘qnash kelishi mumkin emas.

Qayd etish kerak, YeChLda Angliyaning to‘rttala jamoasi ham minimum vazifani uddalay oldi. Ispaniya va Germaniyadan uchtadan klub guruhdan chiqqan bo‘lsa, Italiyaning to‘rt klubidan faqat ikkitasi sovrin uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid