Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MRB Trampning Rossiya haqidagi so‘zlaridan «dahshatga tushdi» - OAV
AQSh prezidenti Donald Tramp Xelsinkida iyul oyidagi Rossiya - AQSh sammitida Rossiya tomoni Qo‘shma Shtatlardagi saylovlarga aralashmagani haqida ma'lum qilgach, Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) «dahshatga tushdi». Bu haqda Business Insider manbaga tayangan holda yozmoqda.
Sammit vaqtida Tramp, shuningdek, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin uni bunga ishontirganini qayd etib o‘tdi.
«Lenglidagi odamlar buni [Xelsinkidagi matbuot anjumanini] tomosha qilish vaqtida dahshatga tushishdi. Barcha qavatlarda. Hamma shokda edi», - deya aytib o‘tdi manba MRBning Tramp bayonotiga munosabati haqida gapirib.
Keyinchalik, Tramp Rossiyaning AQShdagi saylovlarga aralashmagani haqida bayonot berganida, o‘z fikrini noto‘g‘ri ifodalagani haqida ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning urush haqidagi so‘zlariga munosabat bildirgandi.
Mavzuga oid
09:59 / 05.07.2026
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
17:14 / 03.07.2026
Putinning reytingi yana pasaymoqda
19:04 / 30.06.2026