Kreml Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenkoning bayonotiga munosabat bildirdi. Avvalroq Ukraina yetakçisi Kerç böğozidagi hodisani uruş, deb atagandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bildirişiça, bunday pozitsiyaga qöşilmaydi, deb xabar bermoqda TASS.

«Biz bunday pozitsiyaga qöşilmaymiz, gap Ukraina tomonining provokatsiyasi hamda Rossiya davlat çegarasini qöpol tarzda buzilişi haqida ketmoqda», - deya ma'lum qildi u. Peskovning fikriça, Ukraina vaziyatdan öz maqsadlari uçun foydalanmoqçi. «Biz Ukrainada saylov kampaniyasi davom ettirilayotganini körmoqdamiz hamda duşman obrazi - Rossiya - içki siyosiy maqsadlarga erişiş uçun qöllanilmoqda», - deya aniqlik kiritdi Kreml vakili.

Eslatib ötamiz, bundan avval Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Fox News telekanaliga intervyuda Kerç böğozida yuz bergan voqeani «uruş» deb atagandi.

Ukraina prezidentining aytişiça, Rossiya suv hududlari çegaraçilarining xatti-harakati «tajovuz» deb baholanadi. Poroşenko «uruş» haqida gapirganiga qaramay, Kiyev tomonidan uruş haqida e'lon qilinmagan. 
  
Avvalroq, Ukraina va Rossiya örtasidagi ziddiyatda Birinçi jahon uruşi ssenariysi kuzatilgandi.