Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Kun.uz muxbiri xabar qilishicha, senatorlar tomonidan Oliy sudning 5 nafar sudyasi saylangan.
Abduvohid Abdukadirovich Kasimov, Tal'atjon Baxtiyorovich Meliboyev, Nodira Aloxonovna Boboxonova va Baxbergen Sagidullayevich Ubaydullayev 10 yil muddatga, Ikram Tuxtamuratovich Muslimov esa muddatsiz davrga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.
Boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Oliy sudning 3 nafar sudyasi lavozimidan ozod etilgan: Vohid Mamataliyevich Nazarov, Umidjon O‘rinboyevich Rasulberdiyev va Mahamatibrohim Azimovich Tulanov.
Oliy sud tarkibi oxirgi marta 2017 yilning avgustida o‘zgartirilgandi.
Mavzuga oid
20:14 / 06.05.2026
Oliy sud sovet davri qatag‘on qurbonlaridan 161 nafarini oqladi
18:58 / 23.04.2026
Parlament komissiyasida o‘rmonlardan foydalanish va cho‘llanishga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
16:21 / 10.04.2026
Toshkent tumanida bog‘cha mudirasi 13 mln so‘mni o‘zlashtirishda ayblangandi. Oliy sud uni oqladi
18:24 / 08.04.2026