Oliy Majlis Senatining ön yettinçi yalpi majlisida Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi masala körib çiqildi.
Kun.uz muxbiri xabar qilişiça, senatorlar tomonidan Oliy sudning 5 nafar sudyasi saylangan.
Abduvohid Abdukadiroviç Kasimov, Tal'atjon Baxtiyoroviç Meliboyev, Nodira Aloxonovna Boboxonova va Baxbergen Sagidullayeviç Ubaydullayev 10 yil muddatga, Ikram Tuxtamuratoviç Muslimov esa muddatsiz davrga Özbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.
Boşqa işga ötgani munosabati bilan Oliy sudning 3 nafar sudyasi lavozimidan ozod etilgan: Vohid Mamataliyeviç Nazarov, Umidjon Örinboyeviç Rasulberdiyev va Mahamatibrohim Azimoviç Tulanov.
Oliy sud tarkibi oxirgi marta 2017 yilning avgustida özgartirilgandi.












