Jamiyat | 09:02 / 17.12.2018
14911
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada bir yoshli bola is gazidan vafot etdi

Foto: Depositphotos

Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida fojia yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 15 dekabrga o‘tar kechasi Yangiobod MFYda yashovchi, uy bekasi, M.X. (ayol) uyida isitish pechiga ko‘mir solib uxlab qolishi oqibatida birga yashagan, 2017 yilda tug‘ilgan qizi, ko‘mir isidan zaharlanib vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda uch nafar fuqaro is gazidan zaharlangani, bir kishi vafot etgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid