Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud Zolotovning Navalniyga qarshi da'volarini rad etdi
Moskvadagi Lyublino sudi yanvar oyigacha Rosgvardiya rahbari Viktor Zolotovning muxolifatchi Aleksey Navalniyga qarshi «or-nomusini himoya qilish» bo‘yicha da'vosini harakatdan to‘xtatdi.
TASS agentligi xabarida qayd etilishicha, sudda «da'vo qonun talablariga mos kelmagani» aytilgan.
«Zolotovning Navalniyga da'vosi RF Fuqarolik protsessual kodeksining 131 va 132 moddalari talablariga mos kelmagani tufayli harakatdan to‘xtatildi. Da'vogar 9 yanvargacha kamchiliklarni bartaraf etishi kerak bo‘ladi», deyilgan xabarda.
Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, agar belgilangan muddatda da'vo arizasidagi kamchiliklar bartaraf etilsa, ish davom ettiriladi.
11 dekabr kuni Zolotovning advokati Shota Gorgadze Moskvadagi Lyublino sudiga da'vo bilan murojaat qilingani haqida xabar bergandi. Da'voda Zolotov suddan Navalniy tomonidan tarqatilgan ma'lumotlarni o‘z sha'nini bulg‘ovchi va haqiqatdan yiroq deb topishni so‘ragan, shuningdek muxolifatchidan ma'naviy zararni qoplash uchun 1 million rubl miqdoridagi mablag‘ni undirib berishni talab qilgandi. Rosgvardiya rahbari undirilajak mablag‘ni bolalar uyiga xayriya qilishga va'da bergandi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 23 augustida Navalniy rahbarligidagi Korrupsiyaga qarshi kurash fondi Rosgvardiyadagi korrupsiya holati bo‘yicha materiallarini e'lon qilgandi.
Unda Rosgvardiya uchun oziq-ovqat mahsulotlari RF bosh vaziri Dmitriy Medvedevga yaqin bo‘lgan shaxsga tegishli kompaniya tomonidan yetkazib berilishi, tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan narxlar bozor narxidan bir necha barobar ko‘pligi bayon etilgan, Zolotov korrupsiyada ayblangandi.
Navalniy yanvardagi aksiya uchun muddatni o‘tayotganda, 11 sentabr kuni Rosgvardiya rahbari Viktor Zolotov muxolifatchiga qaratilgan videomurojaatini e'lon qilgandi va uni duelga chorlagandi.
Aleksey Navalniy oktabr oyida 50 kunlik hibsdan keyin ozodlikka chiqdi va Zolotovni televideniyeda debat qilishga chaqirdi. Zolotov esa uning taklifini qabul qilmadi.
Mavzuga oid
09:10 / 04.11.2024
Moskvada Rosgvardiya generali Mirza Mirzayev qo‘lga olindi
11:29 / 17.01.2024
Qrim ko‘prigiga dronlar hujumi: Rosgvardiya polkovnigi 6 yilga qamaldi
11:13 / 13.12.2023
Davlat dumasi Rossiya gvardiyasi haqidagi «feyklar» uchun jazo choralarini kiritdi
10:42 / 23.09.2023