Rossiya Federal xavfsizlik xizmati («FSB») Rossiya gvardiyasi (Rosgvardiya) yuqori martabali amaldorlarining Yevgeniy Prigojin va «Vagner» XHK isyonida iştirok etgan bölişi mumkinligini tekşirmoqda - bu haqda Amerika uruşni örganiş instituti (ISW) 22 sentabr, juma kuni xavfsizlik kuçlariga yaqin bölgan rus tilidagi «VÇK-OGPU» anonim Telegram-kanaliga tayanib xabar berdi.
Uşbu kanaldagi ma’lumotda ta’kidlaşiça, «FSB» Rosgvardiya mansabdor şaxslariga vagnerçilarga snaryadlar va jihozlarning «muhim qismini» Rossiya gvardiyasi omborlarida yaşirişga ruxsat berganidan keyin tergov olib bormoqda. Bu kelişuvga isyon tugagandan söng, XHK yollanma askarlari qurolsizlantirilişi kerak bölgan paytda erişilgan.
«VÇK OGPU» Rosgvardiya poligonlaridan biri yaqinida, Kazaçiy Stan aholi punkti hududida bunday «zaxira» yaratilganini «aniq biladi». Maxfiy joyga törttagaça yirik konteynerda harbiy texnika olib borilgan, sxemani esa Rossiya gvardiyasi tomonidan general unvoniga ega bölgan Roman ismli şaxs boşqargan, deyiladi uşbu Telegram-kanal ma’lumotida.
«Vagner» sobiq bölinmalari Rosgvardiyaga ötkaziladimi?
«ISW’ga köra, «Vagner» XHK isyonidan söng Kreml darhol Rossiyaning içki xavfsizlik apparatini Rosgvardiya atrofida birlaştirişga harakat qilgan», - deya ta’kidlanadi Uruşni örganiş instituti şarhida. «Vagnerçilar»ning isyonidan keyin Rosgvardiya tanklar va oğir qurollarni qabul qilib olişi ma’lum böldi.
Bundan taşqari, 21 sentabr kuni Rossiya parlamentida Rosgvardiyaga öz tarkibida köngilli tuzilmalarga ega bölişiga ruxsat beruvçi qonun loyihalari paketi işlab çiqilgani ma’lum böldi. Qonun loyihasi mualliflaridan biri, «Yagona Rossiya» deputati Aleksandr Xinşteynning aytişiça, bu taşabbusning «Vagner» XHK sobiq bölinmalari Rosgvardiyaga ötkazilişi haqidagi miş-mişlarga «heç qanday aloqasi yöq».












