Rossiya Federatsiyasi sudi Rossiya gvardiyasi polkovnigini Kerç böğozi orqali Rossiyani Qrim yarimoroli bilan boğlovçi köprikni Ukraina uçuvçisiz uçoqlaridan himoya qiliş böyiça yetarli çoralar körilmagani uçun aybdor deb topdi. Ikkinçi Ğarbiy okrug harbiy sudi Rossiya gvardiyasi dengiz boşqarmasi bölim boşliği, polkovnik Sergey Volkovni Qrim köprigini qöriqlaş uçun sifatsiz radarlar yetkazib berişda ayblab, 6 yilga umumiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi, deb xabar berdi «Mediazona» seşanba, 16 yanvar kuni. Bundan taşqari, unga ikki yilga davlat lavozimlarida işlaş taqiqlandi.
Volkov Jinoyat kodeksining oğir oqibatlarga olib kelgan mansab vakolatini suiiste’mol qiliş moddasi böyiça aybdor deb topildi.
Dronlardan himoyalaniş uçun yaroqsiz bölgan qurilmalar
Rossiya gvardiyasi dengiz bölimi boşliğining hibsga olingani 2023 yil mart oyida ma’lum böldi. Ayblov tomoni 7 yil qamoq jazosi, unvon va mukofotlardan mahrum etiş hamda 3 yilga davlat işida işlaşni taqiqlaşni söradi, deb xabar berdi «Kommersant» avvalroq.
Tergov ma’lumotlariga köra, Volkov Qrim köprigini himoya qiliş uçun işlatilişi mumkin bölgan hujumkor dronlarga qarşi kuraşiş radar tizimlarini qabul qilgan. Ular Rostov radioaloqa ilmiy tadqiqot instituti (RNIIRS) tomonidan 395,5 million rubllik şartnoma böyiça yetkazib berilgan. Keyinçalik ma’lum bölişiça, bu komplekslar «uçuvçisiz uçiş apparatlariga qarşi kuraşdagi muammolarni muvaffaqiyatli hal qilişga imkon bermagan», deb ta’kidlaydi «Mediazona» tergov materiallariga tayanib.
Hukmni e’lon qilar ekan, sudya radarlar işlayotganini, ammo dronlardan himoyalaniş uçun yaroqsizligini ta’kidladi. Ayblanuvçi öz aybini tan olmadi. Uning himoyasi uskuna uşbu hududdagi monopolistdan sotib olinganini ta’kidladi.
Ukraina Qrim köprigini qonuniy harbiy nişon deb e’lon qildi
Ukraina köprikni qonuniy harbiy nişon deb bilişini bir neça bor ta’kidlagan, çunki u Rossiya kuçlarini ta’minlaş uçun ham foydalanilgan. Rossiya Federatsiyasining keng kölamli harbiy hujumi boşlanganidan beri Qrim köprigi ikki marta - 2022 yil oktyabr va 2023 yil iyul oylarida jiddiy şikastlangan. Birinçi holatda tirkamali yuk maşinasining portlaşi natijasida yöl köprigi uç oraliq qismi, ikkinçi portlaşdan keyin esa köprik bir oraliq qismi qulab tuşgan, ikkinçisi esa şikastlangan. Birinçi portlaşda tört kişi halok bölgan, ikkinçisi esa maşinalardan biridagi er-xotinning hayotiga zomin bölgan. Portlaşlar uçun javobgarlikni Ukraina xavfsizlik xizmati öz zimmasiga oldi.












