Moskva harbiy sudi Rossiya gvardiyasi moddiy-texnika ta’minoti böyiça boşliği örinbosari, general-mayor Mirza Mirzayevni poraxörlik işi böyiça hibsga oldi. Bu haqda TASS Rossiya davlat axborot agentligi 3 noyabr, yakşanba kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib xabar berdi. Mirzayev 2025 yilning 2 yanvarigaça hibsda saqlanadi.
Rossiya xavfsizlik kuçlariga yaqin bölgan Mash Telegram-kanali xabariga köra, Mirzayev yiğma binolar uçun modul yetkazib beruvçidan 140 million rubl talab qilgan. Aks holda, general yetkazib beruvçiga 480 million rubllik şartnomani bekor qiliş bilan tahdid qilgan. Mash yozişiça, kompaniya Mirzayevga vositaçi orqali pul ötkazib bergan, keyinçalik u ham qölga olingan.
Sentyabr oyi oxirida Rossiya harbiy sudi Rossiya gvardiyasi aviatsiya-texnik xizmatining sobiq rahbari, polkovnik Oleg Gamayunovni hibsga oldi. U juda katta miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda, deb yozadi RBK. Tergov ma’lumotlariga köra, Gamayunov budjet mablağlarini öğirlaş uçun yaratilgan uyuşgan jinoiy guruhning bir qismi bölgan, dedi Davlat dumasining Axborot siyosati qömitasi rahbari Aleksandr Xinşteyn.












