Jahon | 14:54 / 18.12.2018
7150
2 daqiqa o‘qiladi

Pekin Alibaba asoschisini Xitoy taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotladi

Alibaba Group korporatsiyasi asoschisi Jyek Ma keyingi 40 yil davomida Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga alohida hissa qo‘shgan 100 nafar inson ro‘yxatiga kirdi. Ularning barchasi Pekinda tantanali tarzda mukofotlandi, deb xabar berdi CGTN telekanali.

Respublika hukumati uni «raqamli iqtisodiyot asoschisi» va «islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha yetakchi» deb atadi.

Ro‘yxatga Jyek Ma bilan birga Xitoy basketbol assotsiatsiyasi Yao Min, Tencent telekommunikatsiya korporatsiyasi asoschisi Ma Xuaten, dunyodagi birinchi gibrid guruch navini yaratgan agronom Yuan Lunpin kirdi.

Xitoy bilan diplomatik va savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi prezidenti Klaus Shvab, amerikalik tadbirkor Moris Grinberg, Singapurning birinchi bosh vaziri Li Kuan Yu (2015 yilda vafot etgan) mukofotlandi.

Forbes jurnali oktabr oxirida Xitoyning eng boy 400 kishisi reytingini tuzdi. 54 yoshli Jyek Ma ro‘yxat yetakchisi bo‘ldi. Uning boyligi 34,6 mlrd dollar deb baholanmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid