Jamiyat | 12:22 / 19.12.2018
7769
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqda muqaddam sudlangan shaxs yirik miqdordagi o‘g‘rilikni sodir etdi

Shu yil 11 noyabr kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yashovchi N.A. (ayol) IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 10 noyabr kuni noma'lum shaxs uyiga devor oshib o‘tish yo‘li orqali kirib, u yerdan 1 mln 300 ming so‘m puli va umumiy qiymati 16 mln. 330 ming so‘mlik 10 turdagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Bo‘stonliq tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan A.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. 

Tergov davom etmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid