Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda yanvar boshidan biznesni tekshirishga moratoriy kiritiladi
Qirg‘izistonda 2019 yil 1 yanvardan tadbirkorlik sub'yektlarini tekshirishga moratoriy kiritiladi. Hukumatning tegishli qarorini bosh vazir Muhammadkaliy Abilgaziyev imzolagan.
Moratoriy 2 yil, ya'ni 2021 yil 1 yanvargacha amal qiladi. Moratoriy 10 ta vakolatli idora tomonidan tekshiriladigan tadbirkorlik sub'yektlariga nisbatan amal qiladi.
Biznesni tekshirish taqiqlanadigan idoralarga quyidagilar kiritilgan:
— ijtimoiy jamg‘arma;
— antimonopol tartibga solish davlat agentligi;
— yonilg‘i-energetik majmuani tartibga solish davlat agentligi;
— moliyaviy bozorni tartibga solish va nazorat qilish davlat agentligi;
— veterinar va fitosanitar xavfsizlik davlat inspeksiyasi;
— ekologik va texnik xavfsizlik davlat inspeksiyasi;
— moliya vazirligi huzuridagi qimmatbaho metallar departamenti;
— dori-darmon bilan ta'minlash va tibbiy texnika departamenti;
— sog‘liqni saqlash vazirligining kasalliklar profilaktikasi va davlat sanitar-epidemiologik nazorati departamenti;
— qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligining etil spirti, alkogol va spirt saqlovchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va aylantirishni tartibga solish va nazorat qilish boshqarmasi.
Abilgaziyev tadbirkorlik sub'yektlari tekshirilishiga taqiqlov kiritilishi fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga xavf solmasligini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
20:20
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026