16:23 / 19.12.2018
31080

Uzavtosavdo onlayn xarid tizimida 3% miqdoridagi avans to‘lovi bekor qilindi

Foto: autostrada.uz

GM Uzbekistan avtomobillarini Uzavtosavdo onlayn tizimi orqali xarid qilishda avtomobillarni bron qilish va 3% miqdorida oldindan majburiy to‘lovni amalga oshirish shartlari bekor qilindi. Bu haqda gmuzbekistan.uz saytida ma'lum qilindi.

Ta'kidlanishicha, hozirda avtomobillarni yetkazib berish muddatini 45 kungacha qisqartirishga erishildi. Ammo xaridorlarning fikrlari o‘rganilganda avtomobillar bron qilinishi va 3% miqdorda avans to‘lovi amalga oshirilishi avtomobillarning o‘z vaqtida yetkazib berishga to‘siq bo‘layotganligi aniqlandi.

“Endi GM Uzbekistan avtomobillarini Uzavtosavdo onlayn tizimi orqali xarid qilish avtomobilning 85% yoki 100% miqdoridagi to‘lovni amalga oshirganda, navbat esa to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shakllanishi belgilandi. Shunday qilib 100% to‘lovni birinchi amalga oshirgan xaridor birinchilardan bo‘lib avtomobilini oladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, hozirda 2019 yil uchun shartnomalar ochilganligi ma'lum qilingan.

Top