Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Irlandiyaning Brexit bo‘yicha rejasi ma'lum bo‘ldi
Foto: Hannah McKay / Reuters
Irlandiya tashqi ishlar vaziri Saymon Kouveni xabar berishicha, Irlandiya hukumati Buyuk Britaniyaning Yevropa ittifoqidan kelishuvsiz chiqishi holatiga keng ko‘lamli harakatlar rejasini ishlab chiqdi. Bu haqda RTE xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «qattiq» Brexit oqibatlarini kamaytiruvchi chora-tadbirlar ustidagi ish yil davomida olib borildi. Kouveni hujjatni «keng qamrovli», deb atadi. Vazirning aniqlik kiritishicha, u yuzdan ortiq sahifani qamrab olgan.
«Chiqish haqidagi kelishuv yo‘qligi Irlandiya iqtisodiyotining ko‘plab sektorlari uchun jiddiy stressni keltirib chiqaradi. Biz qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, aviatsiya, xavfsizlik va odamlar harakatlanishi, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishda maxsus choralar ishlab chiqishni jadallashtirdik», - deya izoh berdi Kouveni.
Uning qayd etishicha, Britaniyaning YeIdan kelishuvsiz chiqib ketish xavfi oshib ketgan taqdirda, hujjatga qo‘shimchalar kiritiladi hamda u mavjud vaziyatga moslashtiriladi. Ba'zi qismlarda hujjatning mazmuni aniq, biroq ayrim sohalarda qayta ishlash va batafsil rejalashtirish talab etiladi, deya qo‘shimcha qilib o‘tdi vazir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angliya bosh prokurori Brexit’dan keyin Mey «olib tashlanishi» haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
07:15 / 08.11.2025
2025 yilda dunyodagi eng boy mamlakatlar reytingi
17:45 / 26.10.2025
Irlandiyadagi prezidentlik saylovida mustaqil nomzod g‘alaba qozondi
16:20 / 23.10.2025
Dublinda migrantlarga qarshi tartibsizliklar davom etmoqda. Bu haqda nimalar ma’lum?
08:07 / 22.03.2025