Angliya va Uels boş prokurori Jyeffri Koksning vazirlar mahkamasiga xabar berişiça, Britaniya boş vaziri Tereza Mey Brexit’dan keyin öz lavozimini tark etişi mumkin. Bu haqda The Telegraph manbalarga tayangan holda yozmoqda.

Uning sözlariga köra, Mey «lavozimidan çetlaştirilişi» mumkin, keyin esa boşqalar uning işini davom ettiradilar va Yevropa ittifoqini tark etiş şartlari haqida qaytadan bir qarorga keladilar. Hozirça esa, vazirlar Mey tomonidan taklif etilgan variantni «yutib yuborişi» kerak. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Mey Brexit böyiça yangi referendum ötkaziş imkoniyatini baholagandi.

Uning fikriça, Brexit böyiça yangi referendum Britaniya hukumati siyosatiga juda jiddiy zarar keltiradi - ikkinçi referendum saylovçilar köz öngida hukumatning «demokratiyani amalga oşiriş» imkoniyatini söroq ostida qoldiradi.